HUQUQNI MUXOFAZA QILUVCHI ORGANLAR TIZIMI
Keywords:
Huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi, prokuratura, ichki ishlar organlari, milliy gvardiyaAbstract
Bugungi kunda yurtimizda “huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat”, “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va mazkur organlar tizimi bo‘yicha kam sonli doktrinal qarashlar mavjud. Xalqaro tajribada ham “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimi bahs-munozarali muhokamalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, hozirgi zamon yurisprudensiyasida doktrinal yoki qonunchilik jihatidan “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimiga umumqabul qilingan yagona ta’rif mavjud emas. Ushbu maqolada mana shu tendensiyadan kelib chiqqan holda “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimini ochib berishga harakat qiladi. Shuningdek, maqolada bu boradagi milliy va xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlaridan, jahonning ilg‘or rivojlangan davlatlari hamda MDHga a’zo mamlakatlar tajribasidan misollar keltiradi. Tahlil yakunlariga ko‘ra qilingan xulosalarga muvofiq amaldagi qonunchilikni takomillashtirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar berilgan.
References
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Rustamboyev M.H., Tuxtasheva U.A. 1-jild. Toshkent: «Ilm ziyo» nashriyot uyi, 2011 – 304 bet.
Raximov F.X., G‘oipov M.B. O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari. Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. I jild / Mas’ul muharrir yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov. –T.: “Lesson press”. 2020 – 450 bet
Суд ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар. Рустамбоев М.Ҳ., Тухташева У.А. 1-жилд. Тошкент: “Илм зиё” нашриёт уйи, 2011. 8-бет.
Лукичев Ю.А. Проблемы дисциплины «Правоохранительные органы» Журнал «Право и образование». 2017. № 4
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridan iqtiboslar Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi – www.lex.uz saytidan olingan.