Archives

  • SCIENCE PROMOTION Confrence
    Vol. 10 No. 1 (2024)

  • For teachers
    Vol. 1 No. 1 (2023)

  • For teachers
    Vol. 1 No. 2 (2023)

  • Confrence 2-son

    SCIENCE PROMOTION Confrence 2-son
    Vol. 1 No. 2 (2023)

    Biz butun dunyo bo’ylab konferentsiya tashkilotchilarini Davlat, Milliy va xalqaro konferentsiyalar, simpozium, tadbirlarning maxsus sonlarini nashr etishga taklif qilamiz.

  • SCIENCE PROMOTION Confrence 1-son
    Vol. 1 No. 1 (2023)

    Biz butun dunyo bo’ylab konferentsiya tashkilotchilarini Davlat, Milliy va xalqaro konferentsiyalar, simpozium, tadbirlarning maxsus sonlarini nashr etishga taklif qilamiz.

  • Globallashuv jarayonida psixologiya soxasidagi muammo va yechimlar
    Vol. 1 No. 1 (2024)

    KIRISH SO‘ZI.

     Qo‘qon davlat pedagogika instituti

     rektori D. Sh. Xodjayeva

     Assalomu alaykum hurmatli  xalqaro anjumanimiz ishtirokchilari!

    Respublikamiz hayotining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy maqomining o‘zgarishi, biz shu kungacha amal qilib kelgan ko‘plab tamoyillarni qayta ko‘rib chiqish, boshqacha anglash va talqin qilish vazifasini qo‘ydi. Ko‘plab ijtimoiy fan sohalarida, shu jumladan, insonshunoslik fanlarining darg‘asi hisoblangan psixologiyada ham tarixiy shakllanish xususiyatlariga, fanning negizini tashkil qiluvchi fikrlar tizimiga yangicha yondashish zarurati paydo bo‘ldi. Shaxs shakllanishi sohasiga taalluqli har qanday bilimlar tizimi, ilmiy  omillarni, faktlarni belgilanishi  qo‘yilgan tamoyillarga bo‘ysundirish uslublari inson, koinot, jamiyat, ruhiyat haqidagi qarashlarimizni  shakllantirishga asos bo‘ladi.

    Bugungi kunda ta’lim muassasalari  sohasiga faqatgina o‘qimishli, diplomga ega inson emas, balki psixologik bilimi yuqori, pedagogik kommunikativ qobiliyatli voqeylikni oldindan ko‘ra oladigan, to‘g‘ri qaror qabul qilish mahoratiga ega, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, oqil va barkamol insonni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda. Bu borada hurmatli yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning “Hayotimizning eng muhim jabhalari uchun yuksak texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar yaratish, malakalimutaxassislar tayyorlash, jahon axborot texnologiyalari bozorida munosib o‘rin egallash masalasiga ustuvor ahamiyatga ega vazifa sifatida qarashimiz zarur” , degan fikrlarini aytib o‘tish joyizdir.

    Hozirgi zamon  oliy maktabida  muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati  uchun zarur bo‘lgan sifat vafazilatlarni  egallagan, yangicha fikrlaydigan kommunikativ qobiliyat  egasi bo‘lgan, ijtimoiy faol bo‘lgan  pedagog va psixologlarni talab qilmoqda. Ana shunday qator muammolarni hal etishning eng muhim omillaridan biri zamon bilan hamnafas bo‘lgan, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning kasbiy xususiyatlarini  hamda kasbiy tayyorgarlik jarayonini maqsadga muvofiq  tashkil etishdan iboratdir.

    Ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari mazmun jihatdan o‘zgarmoqda. O‘zbekiston Prezidentinig bir qator farmonlari Respublika Oliy kengashining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni oila, jamiyat, davlat oldidagi ma’suliyatini anglab yetadigan har tomonlama kamol topgan shaxsni voyaga yetkazish, Vatanim deb elim deb yashaydigan va mehnat qiladigan yoshlarni tarbiyalab, o‘qitib, kamol toptirish vazifalarini belgilab beradi.

    Bu borada yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmonining Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bandida, “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish  va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish[1]” deb ta’kidlashi, bugungi yoshlarimiz kasbiy sifatlarini yanada takomillashtirishga mustahkam asos bo‘ladi.  Shunga binoan mamlakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri  ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-innovasion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 12 yanvardagi 24-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Oliy Ta`lim Fan va Innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 20 martdagi 76 sonli buyrug‘i asosida 2024 yil 29-30 aprel kuni Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti «Amaliy psixologiya» kafedrasida «Globallashuv jarayonida psixologiya soxasidagi muammo va yechimlar» mavzusida psixologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarb muammolari, jamiyatda zamonaviy shaxs rivojlanishining  umumpsixologik muammolarini o‘ziga xosligi, zamonaviy shaxs rivojlanishida  ijtimoiy - pedagogik va psixologik muammolarni o‘rganish, globallashuv jarayonida jamiyatda globallashuv jarayonida zamonaviy shaxs rivojlanishining  umumpsixologik muammolari va  o‘ziga xosligi, shaxs rivojlanishida  ijtimoiy-pedagogik va psixologik muammolarni o‘rganish, ta’lim muassasalarida psixologik xizmatda xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlar natijalari va ularni ommalashtirish, ta’lim muassasalarida maktab va maktabgacha yoshdagi bolalardagi ta’lim tarbiyadagi muammolarning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi mavzularida erishilgan yutuqlar va qo‘yilgan vazifalarni bajarish  maqsad  qilib quyilgan.

  • “Hozirgi zamon ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari”
    Vol. 1 No. 1 (2024)

    Qo’qon davlat pedagogıka institutida

    “Hozirgi zamon ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani

    KONFERENSIYADA MUHOKAMA QILINADIGAN MASALALAR:

    1. Sho’ba: Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning pedagogik va psixologik mexanizmlari.
    2. Sho’ba: Innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning  bilish faoliyatini rivojlantirish.
    3. Sho’ba: Tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlashning pedagogik xususiyatlari.

    RESPUBLIKA ILMIY AMALIY KONFERENSIYA MAQSADI:

     O’quvchilar ta’lim-tarbiyasi samaradorligini oshirishning zamonaviy ta’lim-tarbiya metodlari va texnologiyalaridan samarali foydalanish va bu boradagi tajribalarni muhokama qilishdan iborat. Ushbu pedagogikaning dolzarb muammolarini keng miqiyosda ilmiy- tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish nazarda tutiladi.

    Anjuman respublikada faoliyat ko`rsatayotgan ilmiy- tadqiqot institutlari, oliy o`quv yurtlaridagi ilmiy xodimlar, professor-o`qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

    RESPUBLIKA ILMIY AMALIY KONFERENSIYA VAZIFALARI:

    1. Qo‘qon davlat pedagogika institutining respublika miqiyosida ilmiy-uslubiy samaradorligini oshirish;
    2. Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning pedagogik va psixologik mexanizmlari va uni o‘qitilishi sohasidagi yutuqlarini jamlash;
    3. Maktab ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishning ijtimoiy muammolari bartaraf etish usullarini takomillashtirish;
    4. Qo‘qon davlat pedagogika institutining  ilg‘or oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy va uslubiy tomonlama respublika hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Qo`qon filiali
    Vol. 1 No. 1 (2023)

    Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-texnikaviy anjuman materaillar to’plami. – Qo’qon: TDTU QF 2023y

    Tahrir xay’ati:

    B.Qushimov- filial direktori, texnika fanlari doktori;DsC
    A.Turdaliyev- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari
    R.Siddiqov- Muhandislik tehnologiyalari kafedrasi mudiri texnika fanlari bo’yicha,PhD
    M.Qambarov- muhandislik fakulteti dekani matematika fanlari bo’yicha., PhD
    T.Bo‘tayev- ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalari va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash sektori boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

    Nashrga tayyorlovchilar:

    B.Yo‘ldashev - “Muhandislik texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi.
    X.Xomidov - “Muhandislik texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi.
    S.Nurmatov - “Muhandislik texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi.
    F.O’lmasov - “Muhandislik texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi.
    Azimov.Sh -  Energetika Fakultetining o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari.

             O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 39-son bayoni va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 2 maydagi 118-son buyrug’iga muvofiq 2023 yil 6-oktabrda Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiytadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Anjuman maqsadi: Oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet-3” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish vazifalari (“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli Farmoni) ijrosini ta’minlash maqsadida respublika miqyosidagi ilmiy-texnikaviy anjuman oʼtkazildi.

             Mazkur anjuman toʼplamida respublika oliy taʼlim muassasalari professoroʼqituvchilarining zamonaviy mehnat bozorlari va iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oliy taʼlim muassasalari oldidagi muammolar va ularni innovatsion yechimlarini hal etishga, sanoat, ishlab-chiqarish tarmoqlari uchun ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlari, hududiy sanoat korxonalari uchun energotejamkor texnologiyalarini tatbiq qilish masalalariga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari boʼyicha materiallar kiritilgan.

    Аnjuman materiallariga kiritilgan ilmiy maqolalar va tezislar ilmiy izlanishlar olib borayotgan professor oʼqituvchilar, ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar uchun moʼljallangan.

    Mazkur toʼplamga kiritilgan materiallarning mazmuni undagi statistik maʼlumotlar va me'yoriy hujjatlar sanasining toʼgʼriligiga hamda tanqidiy fikr mulohazalarga mualliflarning oʼzlari ma'suldirlar.

    Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali, 2023 yil

1-20 of 23